Antonio Adán
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Antonio Adán Garrido | ||
Tavallud sanasi | 13-may 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Madrid, Ispaniya | ||
Boʻyi | 190 sm | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997–2004 | Real Madrid | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004–2006 2006 - 2010 2010 - hz. |
Real Madrid C Real Madrid C Real Madrid |
(51 (0) 84 (-111) 10 (-6)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2002 2002-2005 2006 2007 2007 |
Ispaniya U-16 Ispaniya U-17 Ispaniya U-19 Ispaniya U-20 Ispaniya U-21 |
(5 (0) 19 (0) 8 (0) 6 (0) 2 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Antonio Adan Garrido (ispancha: Antonio Adán Garrido; 13 may 1987, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Real Madrid darvozaboni.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish [1] Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.
2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.
Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldi[2]. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.
2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Otra perla con guantes ; El País, 23 августа 2010
- ↑ Жозе Моуринью: «Вся Испания думала, что нам не удастся победить» sports.ru
- ↑ Antonio Adan Garrido realmadrid.com